Rahbar va yoshlar uchrashuvi
#Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Joriy yilning 19-mart kuni kutubxonada “Yoshlar – kelajak bunyodkori” mavzusida rahbar va yosh xodimlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yosh xodimlarning kasbiy rivoji, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy salohiyatni oshirish masalalari muhokama qilindi. Rahbar tomonidan yoshlar uchun zarur bo‘lgan tavsiyalar berilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Tadbir jarayonida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, kutubxonadagi boy adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Bu esa yoshlarning bilim va tajribasini yanada boyitishga xizmat qildi.
Ushbu uchrashuv yosh xodimlarning faoliyatiga yangi ruh va motivatsiya bag‘ishladi.