Said Ahmadning "Jimjitlik" asariga bag'ishlangan ma'naviy - ma'rifiy tadbir
#Kitob_taqdimoti_2026
Joriy yilning 5-yanvar sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "Leaders" o'quv markazi o'quvchilari ishtirokida buyuk adib Said Ahmadning "Jimjitlik" asariga bag'ishlangan ma'naviy - ma'rifiy taqdimot tadbiri tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodni adib asarlari bilan yaqindan tanishtirish, asar orqali ustoz va ilmning jamiyat hayotidagi beqiyos o'rnini anglashdan iborat boʻldi. Tadbir davomida o'quvchilarga asarning yaratilish tarixi, mazmun - mohiyati , bosh qahramonlar obrazi hamda asarda ilgari surilgan g'oyalar haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Said Ahmadning "Jimjitlik" romanida bir nechta asosiy qahramonlar bor, lekin markaziy oʻrinlardan birini yaqinda Afrikadan qaytgan, turgʻunlik davri illatlarini fosh etgan Tolibjon egallaydi, undan tashqari boylik va mansab uchun har qachon tayyor rais Mirvali, otasi oʻldirilgan Azizbek kabi fojiaviy qismatli qahramonlar ham muhimdir.Tadbirda 16 nafar o'quvchilar ishtirok etdi