"Sayohat – bilim va taassurotlar manbai" mavzusida kutubxonaga sayohat
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan
Yozgi ta'tilni mazmunli tashkil etish maqsadida kitobxonlar ishtirokida "Sayohat – bilim va taassurotlar manbai" mavzusida sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar diqqatga sazovor maskanlar, tarixiy va madaniy obidalar bilan yaqindan tanishib, ular haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Tabiat qo'ynida o'tkazilgan mazmunli dam olish jarayonida kitobxonlarning dunyoqarashi kengaydi, Vatanga mehr va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg'ulari yanada mustahkamlandi.
Mazkur sayohat ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashib, yozgi ta'tilni mazmunli va foydali o'tkazishga xizmat qildi.