Seminar 2025
#Seminar_2025
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda tuman Soliq inspektsiyasida tashkil etilgan kutubxonada soliqchi xodimlar bilan hamkorligida seminar tashkil qilindi. Seminar avvalida xodimlarni kitobxonlikka jalb qilish ishlari faqat kutubxonachining emas, barchamizning zimmamizdagi vazifa ekanligi, kitobxon yoshlarga o'qilishi kerak bo'lgan adabiyotlarni yangicha usulda targ'ib qilish kerakligi borasida xodimi tomonidan alohida ta'kidlab o'tildi. Shundan so'ng TAKM Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassisi F. Mamatqulova soliqchi xodimlar bilan hamkorlikda ishlarni yo'lga qo'yish, kutubxona kundaligini yuritilishi yuzasidan ma'lumotlar berdi. Yangi takliflar kiritildi va muhokama qilindi.