"Shaxmat va shashka" turneri
Zomin tumanida Prezidentimiz ilgari surgan 5 tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi asosida — 7 yoshdan yuqori aholi o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqalari boshlandi. Joriy yilning 10-iyul sanasida Zomin tuman axborot kutubxona markazi xodimlari hamda "Yulduzcha" bolalarni sog'lomlashtirish oromgohi bolalari ishtirokida "Shaxmat va shashka" turneri davon etmoqda. Bugungi kunda shaxmat eng mashhur oʻyinlardan biriga aylangan, sport turi sifatida qabul qilingan; dunyo boʻylab millionlab kishilar bu oʻyinni oʻynashadi. Shaxmat aqliy gimnastika sifatida ham koʻriladi. Bugungi baxslar aql va mantiq sporti muhlislarini chorlaydi. 14 ta mahalla va tashkilotlaran kelgan 31 nafar qatnashchilar orasida kuchli shaxmatchi va shashkachilar o'z mahoratini namoyish etishdi.