So'rovnomada 2026
Hurmatli kitobxon!
Kutubxonamizda kompyuter xizmatlari sifatini yanada yaxshilash va kitobxonlarning ehtiyojlarini chuqurroq o'rganish maqsadida ushbu so'rovnoma Zomin tuman Shoxrux nomidagi axborot-kutubxona markazi AKT bo'limi tomonidan o'tkazilmoqda.
Sizning fikr va takliflaringiz kompyuterlardan foydalanish qulayligini oshirish, internet xizmatlarini takomillashtirish hamda elektron axborot resurslaridan samarali foydalanish uchun muhim ahamiyatga ega.
So'rovnomada berilgan savollarga samimiy va xolis javob berishingizni so'raymiz. Siz taqdim etgan ma'lumotlar faqat umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi va kutubxona xizmatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.