“Tafakkur gulshani” kitobxon klubi bilan birgalikda kitobxonlik va ilm-fanga bag‘ishlangan davra suhbati
Joriy yilning 18-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari “Tafakkur gulshani” kitobxon klubi bilan birgalikda kitobxonlik va ilm-fanga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazdi.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, ilmiy va adabiy bilimlarni oshirish, shuningdek, kutubxonalardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, kitobxonlikni targ‘ib qilish, yangi adabiyotlar bilan tanishtirish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilindi.