“Til — ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida insholar tanlovi
“Til — ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida insholar tanlovi
Joriy yilning 8-oktabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Til bayrami munosabati bilan yoshlar o‘rtasida “Til — ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar ona tilining inson hayoti va milliy ma’naviyatimizdagi o‘rni, tilga bo‘lgan hurmat hamda uning boyligi va jozibasi haqida o‘z fikrlarini ijodiy tarzda ifoda etdilar.
✍️ Tadbir yoshlarning ona tiliga bo‘lgan mehrini yanada oshirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.
📖 Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimiz ko‘zgusidir!
https://t.me/zomin_kutubxona/27718