Umumxalq hashari doirasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
#Zomin_tumani
Umumxalq hashari doirasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
13–14 mart kunlari yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ezgu tadbirda mahalla fuqarolari bilan bir qatorda Yoshlar ishlari bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etib, atrof-muhitni yanada obod va ozoda qilishga munosib hissa qo‘shmoqdalar. Xususan, Yoshlar markazi atrofi obodonlashtirilib, hududni tartibga keltirish hamda sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar olib borildi.
Hashar davomida ko‘cha va yo‘laklar tozalanib, daraxtlar atrofi tartibga keltirildi, hududlarda to‘planib qolgan chiqindilar yig‘ishtirildi hamda yashil maydonlarda parvarish ishlari amalga oshirildi.
Bunday tadbirlar nafaqat hududlarning obodonlashishiga, balki aholi o‘rtasida hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.