Uslubiy va amaliy metod almashish
#Uslubiy_va_amaliy_metod_almashish
_Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari X.Mirzayeva va D.Qarshiboyevalar Zomin tumani Tibbiyot texnikumi bilan hamkorlikda kutubxonaga axborot komunikatsion texnalogiyalarda hujjatlarni tayyorlash hamda uslubiy va amaliy metod almashish uchun tashrif buyurishdi. Jarayonda har ikkala tomon o'zlari tomonidan olib borilayotgan me'yoriy hujjatlarning yuritilish tartibi haqida atroflicha fikr almashildi. Unga ko'ra og‘zaki, yozma ravishda kutubxona hujjatlarini tayyorlashda, katalog va kartotekalarni yuritishda, kutubxona fondini to‘ldirish va hisobga olish hujjatlarini to‘g‘ri yuritish va boshqalar haqida fikr va mulohazalar tinglandi. Kelgusi yillarda ham hamkorlikda faoliyat yuritish kelishib olindi.