“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir
#mustaqillik_bayrami
Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tumanimizdagi "Mustaqillik" mahallasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Zomin tumani hokimligi, Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi, "Nuroniylar" kengashi, Yoshlar ishlari tuman boʻlimi, tuman Axborot kutubxona markazi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi hamkorligida hamda mahalla faollari tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda mahalla ahli, yoshlar katta qiziqish bilan faol ishtirok etdi. Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi va Barkamol avlod bolalar maktabi tomonidan tayyorlangan badiiy dastur, dilrabo kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Mahalla aholisi, yoshlar va bolajonlar yurakka yaqin chiqishlar bilan Vatanga bo‘lgan sadoqat, faxr va iftixorni ifoda etdilar. Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, mustaqillik ne’matlariga hurmat va tinchlikka sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.