"Yangi kitoblar – yangi bilimlar sari"
"Yangi kitoblar – yangi bilimlar sari"
Joriy yilning 1-iyul sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Yangi kitoblar – yangi bilimlar sari" mavzusida yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada kutubxona fondiga yangi kelib tushgan badiiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyoti hamda ma'naviy-ma'rifiy kitoblar kitobxonlar e'tiboriga havola etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga yangi nashrlarning mazmuni, mualliflari va ularning ahamiyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Ko‘rgazma kitobxonlarda mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishib, mutolaa uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni tanlab oldilar.