“Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”
Joriy yilning 24-iyul kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning asarlari asosida tashkil etilgan mazkur kitob ko‘rgazmasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, milliy taraqqiyot yo‘li va xalqparvarlik siyosatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etildi. Ko‘rgazmada Prezidentning “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”, “Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik” kabi fundamental asarlari, shuningdek, ichki va tashqi siyosatga oid nutqlari, farmon va qarorlari jamlangan to‘plamlar namoyish etildi. Bu asarlar xalqimizning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, yoshlarda vatanparvarlik ruhini oshirishda muhim o‘rin tutadi.