Zomin tuman axborot-kutubxona markazida hashar tashkil etildi
#Zomin_tumani
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida hashar tashkil etildi
Zomin tumani axborot kutubxona-markazi joylashgan "Yoshlar Markazida" obodonlashtirish va tozalik ishlariga bag‘ishlangan umumxalq hashari o‘tkazildi. Tashkilot xodimlari, yoshlar va fuqarolar birgalikda atrof-muhitni obodonlashtirish, yo‘llarni tozalash hamda daraxt va gullar ekish ishlarida ishtirok etishdi.
Yoshlar markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbir binoning yanada ko‘rkam va ozoda bo‘lishiga xizmat qiladi. Hashar davomida eski daraxt shoxlari kesilib, chiqindilar yig‘ib olindi.
Kutubxona xodimlari va faollari ushbu tashabbusni davom ettirish muhimligini ta’kidlab, bunday xayrli ishlar nafaqat hudud go‘zalligini oshirish, balki jamoaviy birdamlikni mustahkamlash uchun ham muhim ekanligini aytishdi.