Zomin tuman axborot-kutubxona markazida tuman madaniyat hamda ko‘zi ojizlar kutubxonachilari uchun seminar tashkil etildi.
Joriy yilning 18-mart kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida tuman madaniyat hamda ko‘zi ojizlar kutubxonachilari uchun seminar tashkil etildi. Tadbir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, kutubxona xizmatlari sifatini oshirish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida o‘tkazildi.
Mazkur seminar Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimi G. Fayzullayeva tomonidan olib borildi. Seminar davomida kutubxonachilik faoliyatini takomillashtirish, kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda kitob mutolaasini keng targ‘ib etish masalalari haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Tadbir jarayonida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, tajriba almashdilar. Shuningdek, kutubxonadagi yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi ham namoyish etilib, undagi kitoblar haqida ma’lumotlar berildi.
Seminar qiziqarli savol-javoblar va fikr almashishlar bilan davom etdi. Bunday tadbirlar kutubxonachilar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.