“BAYROG‘IM — G‘URURIM, VATANIM — FAXRIM!”
“BAYROG‘IM — G‘URURIM, VATANIM — FAXRIM!”
Joriy yilning 18-noyabr sanasida Infolib O‘zbekiston – 2026 XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 75-maktabning 7-“A” sinf o‘quvchilari ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan vatanparvarlik ruhida tashkil etildi. O‘yin davomida o‘quvchilarga Davlat bayrog‘imiz tarixi, undagi ranglar va ramzlarning mazmun-mohiyati, milliy qadriyatlarimiz hamda Vatanimiz tarixi yuzasidan qiziqarli savollar berildi.
Ishtirokchilar o‘z bilimlari, zukkoliklari va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etib, bellashuvda faol qatnashdilar.
Bunday intellektual o‘yinlar yosh avlodning bilim salohiyatini oshirish, kitobxonlikka qiziqishini kuchaytirish hamda Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bayrog‘imiz — faxrimiz, Vatanimiz — g‘ururimiz!