“Bayroq tarix va timsol"
Joriy yilning 18-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi bayrog’i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan “Bayroq tarix va timsol" nomli ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada davlat bayrog‘ining Vatan ramzi sifatidagi muqaddasligi, u orqali avlodlar ongida milliy o‘zlikni shakllantirishga qaratilgan g‘oyalar yorqin ifoda etilgan.
Ko‘rgazmadan joy olgan asarlar o‘quvchilarni nafaqat ma’lumot bilan boyitadi, balki ularda faxr va mas’uliyat tuyg‘ularini kuchaytiradi.
Mazkur tadbir yoshlar ongida Vatanga sadoqat, milliy birlik va xalq tarixini hurmat qilish kabi qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.