"Buyuk tarixdan kelajak sari" nomli davra suhbati
#Davra_suhbati_2026
Joriy yilning 9-aprel sanasida Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan buyuk sarkarda, davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab "Buyuk tarixdan kelajak sari" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Sohibqiron Amir Temurning hayot yo‘li, davlat boshqaruvidagi faoliyati hamda tariximizdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng har bir o‘quvchi o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdi.
Tadbir davomida Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid bir-biridan qiziqarli savollar berildi. Kitobxonlar ham o‘zlarining topqirligi va bilimdonligi bilan ko‘plab savollarga to‘g‘ri javob berdilar. Davra suhbati bahs-munozaralarga boy, qiziqarli va mazmunli tarzda o‘tkazildi.