“Faol kitobxonlar burchagi”
#Faol_kitobxonlar_burchagi
7-sonli bayonning 5.5-bandida belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida, 2026-yil 5-yanvar kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Tafakkur gulshani" kitobxonlar klubi a'zolariga “Faol kitobxonlar burchagi” tanishtirildi.
Mazkur burchakda kitobxon oʻquvchilarning erishgan yutuqlari, ijodiy ishlari hamda o‘qishga boʻlgan qiziqishlarini aks ettiruvchi suratlarr joy oldi.
Joylarda tashkil etilayotgan bunday burchaklar, maktab o‘quvchilarining kitob o‘qishga bo‘lgan mehri va qiziqishini yanada oshirishga, ularni faol kitobxonlikka undaydi.