Gender tenglig
Joriy yilning 5-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan gender tengligi mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir Abu Ali Ibn Sino jamoat salomatligi texnikumi yotoqxonasi talabalari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Tadbir davomida gender tengligi, jamiyatda ayol va erkaklarning teng huquqliligi, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash masalalari haqida so‘z yuritildi. Mutaxassislar va kutubxona xodimlari tomonidan talabalarga gender tengligining mazmun-mohiyati, uning jamiyat rivojidagi ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir jarayonida talabalarning fikr-mulohazalari tinglanib, ular bilan savol-javoblar o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilarda gender tengligi haqidagi bilim va tushunchalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.