Gender tenglik — bu nafaqat inson huquqlari, balki jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir
Joriy yilning 25-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bugungi kunda gender tenglik masalasi har qachongidan ham dolzarb. Har bir inson — u ayol bo‘ladimi yoki erkak — teng huquq, teng imkoniyat va hurmatga loyiqdir nomli davra suhbati tashkil etildi.
Jamiyatimizda qizlar va o‘g‘il bolalarning bir xil ta’lim olishi, mehnatda adolatli sharoitlar yaratilishi, hamda qaror qabul qilish jarayonlarida barchaning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega.
Gender tenglik — bu nafaqat inson huquqlari, balki jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir. Chunki teng imkoniyatlar mavjud bo‘lgan joyda rivojlanish, adolat va farovonlik bo‘ladi.
Keling, birgalikda hurmat, tenglik va adolat tamoyillarini hayotimizda mustahkamlaylik!