“Gender tenglik — taraqqiyot kafolati”
#Gender_tenglik_taraqqiyot_kafolati
2025-yil 26-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 11-noyabrdagi 77-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Zomin tuman Tibbiyot texnikumi o'quvchi qizlari ishtirokida “Gender tenglik — taraqqiyot kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlikning oldini olish, ayollarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash va ularni himoya qilish mexanizmlari haqida ma’lumotlar berib o'tildi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, foydali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va jamiyatda sog‘lom hamda barqaror muhitni shakllantirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.