''Gender tenglik-taraqqiyot kafolati''
#davra_suhbat
Respublika komissiyasi majlisining 2025-yil 6-noyabrdagi 16-son bayoni qarori topshirig‘i hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 2025-yil 11-noyabrdagi 77-son buyruqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi "Leaders" o'quv markazi o'quvchilari ishtirokida ''Gender tenglik-taraqqiyot kafolati'' mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatda ''Taraqqiyot'' MFY xotin-qizlar faoli G. Maqsudova Xotin-qizlarga nisbatan zo‘rovonlikka barham berish uchun birlashaylik mavzusida dastur tashkil qilish haqida tavsiyalar berdi.
Ayollarga zo‘ravonlik — madaniyatli jamiyat uchun qora dog’!
Chunki zo‘ravonlikka duch kelgan har bir ayolning ortida iztirobga tushgan bola, vayron bo‘lgan kelajak va izdan chiqqan hayot turadi. Biz har bir ayolning hayoti, qiymati va sha’ni daxlsiz bo‘lgan ma’rifatli jamiyat qurishga mas’ulmiz.