"INFOLIB O‘ZBEKISTON 2025" XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi
#kitoblar_koʻrgazmasi_2025
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari "INFOLIB O‘ZBEKISTON 2025" XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi kutubxonachilar V forumi o‘tkazilmoqda. Ushbu haftalik doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitob-millatning bebaho va ma'naviyat merosi" mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ushbu ko‘rgazmaga kitobxon oʻquvchilar, keksa nuroniylar jalb etilib, koʻrgazmadagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirildi. Ushbu koʻrgazmaga 60 dan ortiq kitoblar qo‘yildi.