“INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligiga va Yosh kutubxonachilar V forumining tantanali ochilish
Bugun O‘zbekiston Zomin tuman “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligiga va Yosh kutubxonachilar V forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Haftalik bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarida tashkil etilmoqda.
Haftalik mehmonlarini qutlar ekan, Manaviyat va ma'rifat markazi bo'limi targ'ibotchisi Artikova D tomonidan axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantirish, aholiga axborotlar olishning manbai, shakllarini yetkazish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish, kitobxonlik va kitob mutolaasini targ‘ib qilish, yoshlarning intellektual bilimi va saviyasini oshirishga qaratilgan tadbirlar haqida gapirib o'tdi.
Haftalik davomida kitob ko‘rgazmalari, kitob taqdimotlari, mahorat darslari, taniqli fan va madaniyat namoyandalari, san'atkor va ijodkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar o‘tkaziladi.