“Jadidlar — millat ma’rifatparvarlari” mavzusida kitob ko‘rgazmasi
“Jadidlar — millat ma’rifatparvarlari” mavzusida kitob ko‘rgazmasi
Joriy yilning 7-oktabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 75-maktabning 5-sinf o‘quvchilari ishtirokida jadidlar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada jadid bobolarimizning hayoti, ijodi, ma’rifatparvarlik faoliyati hamda millat taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlariga oid kitob va adabiyotlar namoyish etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga jadidlarning ilm-ma’rifat, ta’lim va taraqqiyot yo‘lidagi ezgu g‘oyalari haqida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar ko‘rgazmadagi kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Jadidlar merosini o‘rganaylik, kitob o‘qiylik, ilm sari intilaylik!
Bugungi yosh kitobxon — ertangi bilimli avlod!