Kichik seminar
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda RMMM Zomin tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda Taraqqiyot mahallasi aholisi, mahallalar nuroniylari, mahalla faollari uchun Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi “Umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil bo‘ladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 589-sonli qarori mazmun-mohiyatini keng tushuntirish hamda to‘y va marosimlar, oilaviy tantanalarni ixcham va odob-axloq me’yorlariga mos tarzda o‘tkazish, ortiqcha dabdababozlikka yo‘l qo‘ymaslik masalasida kichik seminar tashkil etildi. Tadbirda mahalla faollari, yoshlar hamda maromiylik tamoyillarining ahamiyati, ijtimoiy birdamlik va iqtisodiy tejamkorlikka qo‘shadigan hissasi haqida fikr almashdilar