“Kitob — ma’naviyat va tafakkur manbai” mavzusida davra suhbati
“Kitob — ma’naviyat va tafakkur manbai” mavzusida davra suhbati
Joriy yilning 11-sentabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Zomin tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchilari ishtirokida “Kitob — ma’naviyat va tafakkur manbai” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaa madaniyati va kitobxonlikning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida fikr almashildi. O‘quvchilarga badiiy adabiyotlarni muntazam mutolaa qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda kutubxonadan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida fikrlarini bildirib, qiziqarli savol-javoblarda faol ishtirok etdilar.
📖 Kitob o‘qigan avlod — kelajak bunyodkori!