“Kitob va Navro‘z – ma’naviyat uyg‘onishi”
Joriy yilning 19-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Navro‘z bayrami munosabati bilan “Kitob va Navro‘z – ma’naviyat uyg‘onishi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada milliy qadriyatlarimizni, bahor faslining go‘zalligini hamda inson qalbida yangilanish va ezgulik tuyg‘ularini aks ettiruvchi badiiy asarlar o‘rin oldi. Shuningdek, taniqli adiblar ijodidan namunalar, she’riy to‘plamlar va ma’naviy-ma’rifiy kitoblar keng namoyish etildi.
Ko‘rgazma bahoriy gullar va bezaklar bilan boyitilib, kitobxonlarda iliq taassurot qoldirdi. Ushbu tadbir yoshlar qalbida kitobga bo‘lgan mehrni yanada oshirish, milliy an’analarimizni targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Navro‘z – yangilanish, poklanish va ezgulik bayrami sifatida qalblarga quvonch ulashdi.