“KITOBXON ONA — MA’RIFATLI AVLOD TARBIYACHISI”
“KITOBXON ONA — MA’RIFATLI AVLOD TARBIYACHISI”
“Infolib O‘zbekiston — 2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida "Shoxrux" nomidagi Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Kitob — ma’naviyat chirog‘i, ona — tarbiya timsoli” mavzusida onalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida kitobxonlikning oiladagi o‘rni, farzandlar tarbiyasida onalarning mas’uliyati, yosh avlodni kitobga mehr qo‘yish ruhida tarbiyalash masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Ishtirokchilar kitob mutolaasining inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Tadbir samimiy va mazmunli suhbatlar ruhida o‘tdi.