“Kitobxon ona — ma’rifatli oila ko‘zgusi”
“Kitobxon ona — ma’rifatli oila ko‘zgusi”
Joriy yilning 17-avgust sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar” ishtirokida “Kitob — qalb chirog‘i, ona — oila ma’rifatining timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida onalarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, oilada mutolaa muhitini shakllantirish, farzandlarni kitobga mehr va qiziqish ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar o‘zlari sevib o‘qigan asarlari, kitob mutolaasining inson tafakkuri va dunyoqarashiga ta’siri haqida fikr almashdilar.
Suhbat davomida “Kitobxon ona — kitobxon farzand” g‘oyasi ilgari surilib, oilada kitob o‘qish an’anasini shakllantirishning ahamiyati ta’kidlandi. Tadbir samimiy suhbat va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy tarzda o‘tdi.