“Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri
Zomin tumani Gulshan MFYda joylashgan 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlod qalbida kitobga bo‘lgan mehr va qiziqishni oshirish, shuningdek, oilada mutolaa muhitini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida kitobning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, farzand tarbiyasida ota-onalarning shaxsiy namunasi hamda oilaviy kitobxonlikning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Farzandlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishda ota-onalar va ustozlarning hamkorligi muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, badiiy adabiyotlarni muntazam mutolaa qilishga, kitob orqali bilim va dunyoqarashlarini kengaytirishga undovchi tavsiyalar berildi.