Ko'chma kutubxona
#Ko'chma_kutubxona 2025-yil 9-dekabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Zomin tuman tibbiyot texnikumida tashkil qilingan ko‘chma kutubxona adabiyotlari foydalanuvchilar talab va istaklariga binoan yangilandi. Ko'chma kutubxona doirasida xodimlarga turli sohalarga oid adabiyotlar taqdim etildi.
Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi kitobxonlik madaniyatini targ'ib qilish, xodimlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va ma‘naviy saviyasini yanada boyitishga xizmat qilishdir.