Ko‘chma kutubxona sayohat
Joriy yilning 19-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Nuroniylar jamg'armasidagi na'munaviy ko‘chma kutubxona doirasida kitobxonlar uchun sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxonadagi boy kitob fondi bilan yaqindan tanishib, o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan adabiyotlarni tanlab mutolaa qilishdi. Ayniqsa, yosh kitobxonlarning kitobga bo‘lgan qiziqishi va faol ishtiroki e’tiborga molik bo‘ldi.
Tadbir davomida kitobxonlar o‘rtasida fikr almashish, sevimli asarlar haqida suhbatlashish va yangi bilimlar olish imkoniyati yaratildi. Bu esa ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi. Ko‘chma kutubxona sayohati yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otish, ularni mutolaaga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.