“KUTUBXONA — BILIMLAR OLAMIGA SAYOHAT”
“KUTUBXONA — BILIMLAR OLAMIGA SAYOHAT”
Joriy yilning 18-noyabr sanasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida 75-maktabning 7-sinf o‘quvchilari ishtirokida Shoxruh nomidagi Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati, kitob fondi, mavjud adabiyotlar hamda axborot-kutubxona xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish yuzasidan suhbatlar olib borildi.
Bunday ma’rifiy sayohatlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.