Kutubxonaga sayohat
Joriy yilning 12-dekabr sanasida Zomin tumani axborot-kutubxona markazi Abonementlarga xizmat ko'rsatish xizmati xodimlari F.Nasriddinova hamda G.Fayzullayevalar tomonidan 16-maktab o'quvchilariga kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida ishtirokchilarga kutubxonaga qanday a‘zo bo'lish va kitoblardan qay tartibda foydalanish kerakligi haqda ma'lumot berildi hamda davra suhbatlarida ishtirok etish, "Tafakkur gulshani" kulubiga a‘zo bo'lish taklifi berildi.