“Kutubxonaga sayohat”
Joriy yilning 10-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitob mutolaasiga jalb qilish maqsadida “Kutubxonaga sayohat” tadbiri tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilarga kutubxona faoliyati, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Yoshlar kutubxonaning turli bo‘limlari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar haqida ma’lumot oldilar.
Shuningdek, tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, mutolaaning ahamiyati haqida suhbat o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, sevimli kitoblarini mutolaa qilish uchun tanlab oldilar.
Tadbir yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga hamda ularni muntazam kitob mutolaasiga jalb etishga xizmat qildi.