#Mahoratdarsi
Jizzax viloyat Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ishchi xodimlarga hamda yosh kitobxonlarga joriy yilning 21 - iyul sanasida kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida "Siz kompyuterni bilasizmi" mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi. Mashg'ulot davomida ishtirokchilar kompyuterdan samarali va xavfsiz foydalanish, zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlari hamda amaliy dasturlar bilan ishlash bo'yicha foydali bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar. Mahorat darsi bolalarda raqamli savodxonlikni rivojlantirish, mustaqil fikrlash, izlanish va yangi bilimlarni egallashga bo'lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
https://t.me/zomin_kutubxona/26434