“Milliy adabiyot — ma’naviyat közgusi” nomli kitob körgazma
#Infolib_2026
#kitoblar_korgazmasi_2026
Joriy yilning 19-noyabr kuni “INFOLIB ÖZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Şohrux nomidagi Zomin tuman axborot-kutubxona markazida milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimiz xazinasini keng tarğib etiş, kitobxonlar, ayniqsa, yoş avlodning mutolaa madaniyatini yuksaltiriş maqsadida “Milliy adabiyot — ma’naviyat közgusi” nomli kitob körgazmasi taşkil etildi.
Körgazmadan özbek adabiyotining zabardast vakillari — Şarof Raşidov, Zulfiya, Hamid Olimjon, Odil Yoqubov, Toğay Murod hamda zamonaviy şoir va yozuvçilarimizning sara asarlari, nasriy va şe’riy töplamlari örin oldi.
Mazkur körgazma orqali iştirokçilar söz san’atining bebaho durdonalari, milliy özlik, vatanparvarlik, ezgulik va komillik ğoyalari aks etgan kitoblar bilan yaqindan tanişiş, şuningdek, haftalik doirasidagi madaniy-ma’rifiy muhitdan bahramand böliş imkoniga ega böldilar.