“Oq kema — ezgulik va bolalik orzulari timsoli”
“Oq kema — ezgulik va bolalik orzulari timsoli”
Joriy yilning 17-noyabr sanasida “Infolib O‘zbekiston – 2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida "Shoxruh" Zomin tuman axborot-kutubxona markazida buyuk qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot davomida ishtirokchilarga asarning mazmun-mohiyati, undagi bosh qahramonlar hamda ilgari surilgan ezgulik, mehr-oqibat, insoniylik va tabiatni asrash kabi g‘oyalar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, asardagi ramziy obrazlar, xususan, oq kemaning bola orzu-umidlari timsoli ekanligi haqida fikr almashildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni buyuk adib ijodini yanada chuqurroq o‘rganish va mutolaa qilishga chorlashdi.
Kitob — inson qalbiga ezgulik urug‘ini qadovchi bebaho xazina!