“Qimmat va Zumrad” ertagi asosida sahna ko‘rinishi
Joriy yilning 12-mart sanasida Zomin tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan 2-sonli "Shodlik" maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda bolajonlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida bolajonlar tomonidan “Qimmat va Zumrad” ertagi asosida sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
Kichkintoylar ertak qahramonlari obrazlarini mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlarga quvonch ulashdilar. Tadbir davomida bolajonlarning iste’dodi, sahna madaniyati va ertaklarga bo‘lgan qiziqishi yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Mazkur tadbir bolalarda kitobga, ertak va milliy qadriyatlarga bo‘lgan mehrni yanada oshirishga xizmat qildi.