"Ranglarda aks etgan bolalik" mavzusida rasmlar tanlovi
"Ranglarda aks etgan bolalik" mavzusida rasmlar tanlovi o'tkazildi
Joriy yilning 14-iyul sanasida
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida "Ranglarda aks etgan bolalik" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda oromgoh tarbiyalanuvchilari o‘z iste'dod va tasavvurlarini ranglar orqali namoyon etib, Vatanga muhabbat, tabiat go‘zalligi, tinchlik, bolalik va kitobxonlik mavzularida ijodiy rasmlar chizdilar. Ishtirokchilarning ishlari ko‘rgazmaga qo‘yilib, eng mazmunli va ijodiy yondashilgan rasmlar munosib e'tirof etildi.
Mazkur tanlov bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, estetik didini yuksaltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etishga xizmat qildi.