“Targ’ibotchilar’ forumi
Joriy yilning 17-iyul sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Jamiyatda diniy bag’rikenglik va qonuniylikni qaror toptirishda faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlash mavzusida Respublika “Targ’ibotchilar’ forumida Zomin tumani Yoshlar ishlari agentligi binosida ko’tarinki ruhda tashkil etildi. Unda bir qator hamkor mutasaddi tashkilotlarda faol aholi vakillari tashrif buyurdilar.
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ham ushbu forum munosabati bilan yangi adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi. Aholi orasida yangi adabiyotlar ko‘rgazmasini tashkil etishning eng muhim ma’naviy sababi — kitobxonlik madaniyatini oshirish va inson qalbida ma’naviy yuksalishga yo‘l ochishdir.