"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida tashkil etilgan "Umummilliy birdamlik festivali"
Xalqobod mahallasida “Maslahat oshi” loyihasi doirasida dabdabalarga qarshi targ‘ibot o‘tkazildi Zomin tumanidagi Xalqobod mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida tashkil etilgan "Umummilliy birdamlik festivali" doirasida "Maslahat Oshi" loyihasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Zomin tuman hokimligi, "Mahallalar uyushmasi" Zomin tuman bo‘limi, Zomin MMTB, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zomin tuman bo‘linmasi, Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hamda Xalqobod MFY mahalla yettiligi faollari hamkorligida tashkil etildi. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi — aholi o‘rtasida to‘y-ma’rakalardagi ortiqcha dabdabalar, keraksiz hoyu-havasga uchishlar va ularning salbiy oqibatlarini tushuntirishdan iborat bo‘ldi.