"Xon atlas" haftaligi doirasida
Joriy yilning 17-sentabr sanasida Zomin tuman axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan uyushmaga yoshlar ishtirokida "Xon atlas" haftaligi doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir hamda kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.
"Xon atlas" haftaligiga tashkil etilgan davra suhbatining asosiy maqsadi — milliy madaniyatimiz, an’analarimiz va milliy hunarmandchilik san’atining, xususan, atlas matosi va uning tarixiy ahamiyatining o‘rganilishi va targ‘ib qilinishi orqali yosh avlodda milliy o‘zlikni anglash va hurmat qilish ruhini shakllantirishdir.
Bu tadbir milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, xalqimizning madaniy merosini keng jamoatchilikka yetkazish va milliy istiqlol ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.