#Xon_atlas_haftaligida_Zakovat
#Xon_atlas_haftaligida_Zakovat
2025-yil 22-sentabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Leaders" o'quv markazi o'quvchilari shtirokida "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi.
Tadbirda Liderlar, Iqtisodchilar va Zukkolar jamoalari oʻzlarining bilim darajasi, tezkor fikrlashi va intellektual qobilyatlarini sinash maqsadida bellashdilar.
Bu kabi intellektual loyihalar yoshlarga sogʻlom raqobat muhitini shakllantirishda, ularning bilim va salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻyin yakunida Iqtisodchilar jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.