“Yangi adabiyotlar — yangi kashfiyotlar” nomli kitob ko‘rgazmasi
“Yangi adabiyotlar — yangi kashfiyotlar” nomli kitob ko‘rgazmasi
Joriy yilning 12-oktabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida kutubxona fondiga yangi kelib tushgan adabiyotlar asosida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmadan o‘rin olgan yangi badiiy asarlar, ilmiy-ommabop kitoblar va turli mavzulardagi adabiyotlar kitobxonlar e’tiboriga havola etildi. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi kitobxonlarni yangi nashrlar bilan tanishtirish, ularning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishdan iborat.
📖 Yangi kitoblar — yangi bilimlar, yangi taassurotlar va yangi imkoniyatlar manbai!