“Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kuni” tadbiri
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Yoshlar kuni doirasida kutubxonamizda rahbarlar boshchiligida “Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish, ularni biznes faoliyatiga jalb etish, o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, kutubxona fondi tadbirkorlik, biznesni boshqarish, marketing va shaxsiy rivojlanishga oid yangi adabiyotlar bilan boyitilib, yosh kitobxonlar uchun maxsus ko‘rgazma tashkil etildi.
Rahbarlar tomonidan yoshlarga davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir yakunida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, tadbirkorlikka oid foydali adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.