“Yoshlar bir adib ijodini o‘rganadi” mavzusida davra suhbati
Joriy yilning 10- mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ularni adabiyotga qiziqtirish maqsadida o‘zbek adabiyotining sevimli shoiri Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan “Yoshlar bir adib ijodini o‘rganadi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga Muhammad Yusufning hayoti va ijodiy faoliyati, uning xalq qalbidan joy olgan she’rlari hamda asarlarida Vatanga muhabbat, insoniylik va samimiy tuyg‘ular yuksak mahorat bilan tasvirlangani haqida ma’lumotlar berildi.
Davra suhbatida yoshlar shoirning mashhur she’rlari haqida fikr almashib, uning ijodiga bo‘lgan qiziqishlari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbir jarayonida kitob mutolaasining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida ham so‘z yuritildi.
Tadbir qizg‘in savol-javoblar va fikr-mulohazalar bilan davom etib, ishtirokchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.