"Zakovat – tafakkur va bilimlar maydoni"
"Zakovat – tafakkur va bilimlar maydoni"
Joriy yilning 9-iyul sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "Tafakkur gulshani" kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar adabiyot, tarix, ilm-fan, madaniyat hamda mantiqiy tafakkurni sinovdan o'tkazuvchi qiziqarli savollarga javob berib, o'z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. O'yin jarayonida jamoaviy hamkorlik, tezkor fikrlash va mantiqiy xulosa chiqarish ko'nikmalari yanada mustahkamlandi.
Mazkur intellektual bellashuv kitobxonlarning bilimga bo'lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda yoshlarni fikrlashga, izlanishga va o'z ustida ishlashga undashga xizmat qildi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilar e'tirof etildi.